Qo‘limda qalam, qarshimda oppoq qog‘oz…
“Moziyga qaytib ish ko‘rish xayrlidir” [4;3]. Ha, tariximizga nazar tashlasak, qancha olimlarimiz-u shoirlarimiz, sarkardalarimiz – ota-bobolarimiz O‘zbekiston
deb atalmish uyning poydevorini mustahkam qilganligini yurakdan his qilamiz. Buyuk ajdodlarimiz vatan deb atalmish qo‘rg‘onning baquvvat bo‘lishi uchun,
milliy qadriyatlarining qadrlanishi uchun, or-nomusi, sha’nining toptalmasligi uchun jon-jahdi bilan bilan kurashgan. Mashhur hadisshunoslarimiz Imom alBuxoriy, At-Termiziy insoniyatni hadis ilmining sir-u sinoatidan boxabar qilgan…